«ob-havo prognozi» tegli maqolalar


O‘zbekistonda 2−8-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
2 dekabr 2024, 06:59

O‘zbekistonda 2−8-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonga yaqinlashib kelayotgan antitsiklon sabab ish kunlari havo sovuq va quruq bo‘ladi. Bu mamlakat energetikasiga yuklama ortishiga, shuningdek, Toshkent havosining sezilarli ifloslanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shanba kuni tog‘larda, yakshanbada esa asosiy aholi yashovchi hududlarda qor yog‘ishi kutilyapti.

O‘zbekistonda dekabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
26 noyabr 2024, 17:05

O‘zbekistonda dekabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

So‘nggi bir necha o‘n yillikda O‘zbekistonda qishda sovuq kunlar soni ikki barobarga kamaygan. 2024-yil dekabri ham, prognozlarga ko‘ra, iliqroq o‘tadi. Ammo oy boshi sovuqroq bo‘lishi kutilmoqda. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun dekabr ob-havosi bo‘yicha sharh tayyorladi. Video.

O‘zbekistonda 25−30-noyabr va 1-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
25 noyabr 2024, 06:59

O‘zbekistonda 25−30-noyabr va 1-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekiston hafta boshida Turkmaniston issig‘i va Qozog‘iston sovug‘i orasida qolib ketadi. Janubda harorat +24 gacha ko‘tariladi, vodiy esa tumanlar hisobiga kunduzi ham sovuq bo‘ladi. Hafta oxiri Kaspiydan yog‘ingarchilik kelib, butun mamlakatda harorat pasayadi. Shu hafta ko‘p joylarga ilk qor tushishi mumkin.

O‘zbekistonda 18−24-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
18 noyabr 2024, 08:48

O‘zbekistonda 18−24-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda joriy hafta havo harorati me’yordan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Shu darajadaki, ayrim hududlarda daraxtlar qayta barg ochishi hodisalari ham kuzatilishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik ham (hatto qor ko‘rinishida) bo‘ladi. Hafta boshida deyarli butun mamlakat bo‘ylab tuman tushishi kutilyapti.

O‘zbekistonda noyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
11 noyabr 2024, 15:56

O‘zbekistonda noyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

So‘nggi yillarda noyabr oyi nisbatan sovuqroq kelib, qish oldidan, xususan, O‘zbekiston energotarmog‘ini ham sinovdan o‘tkazayotgan edi. Ammo 2024-yilning noyabri nisbatan iliqroq va quruqroq kechishi kutilmoqda. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun noyabr ob-havosi bo‘yicha sharh tayyorladi.

O‘zbekistonda 11−17-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
11 noyabr 2024, 09:15

O‘zbekistonda 11−17-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda joriy haftaning chorshanba va payshanba kunlari virus va bakteriyalarning faollashishiga sabab bo‘luvchi bulutli va yog‘inli ob-havo kuzatiladi, tuman tushishi boshlanadi. Hafta oxiriga borib, havo harorati yana ko‘tariladi. Haftaning birinchi yarmida aholi magnit bo‘ronlaridan ham aziyat chekishi mumkin.

O‘zbekistonda 4−10-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
4 noyabr 2024, 07:43

O‘zbekistonda 4−10-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda issiq harorat ortidan, dushanba kechga tomon aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutiladi. Hafta o‘rtasiga qadar kamida ikkita nam havo oqimi ta’sirida joylarda vaqti-vaqti bilan yog‘inlar va sovuq harorat kuzatiladi. Hafta oxiri, xususan, dam olish kunlari quruq, ammo sovuq bo‘ladi.

O‘zbekistonda 8−13-oktabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
7 oktabr 2024, 21:20

O‘zbekistonda 8−13-oktabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda 8−10-oktabrda ob-havo “komfort” bo‘ladi — ammo baribir kechki mahal yengil kiyinib yurolmaysiz. Dam olish kunlari havo sezilarli sovishi, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiyda mavsumdagi ilk “sovuq urishi” hodisalari yuz berishi kutilmoqda. “Gazeta.uz”dan ob-havo sharhi va tavsiyalar.

O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
2 oktabr 2024, 21:40

O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda 3−4-oktabrda qulay ob-havo muhiti hukmronlik qiladi — shaharlarda kechki vaqt yengilroq kiyinish ham mumkin hatto. Hafta oxirida esa havo harorati pasayadi, magnit bo‘ronlari, cho‘l va janubiy hududlarda chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi mumkin. “Gazeta.uz”dan ob-havo sharhi va tavsiyalar.

Avgust oyida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?
30 iyul 2024, 20:47

Avgust oyida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

“O‘zgidromet” sinoptiklari avgust oyi ob-havosi uchun dastlabki prognozini tayyorladi. Oy issiq havo bilan boshlanadi, keyinchalik jazirama biroz pasayadi. Ilk o‘n kunlikda kunduzgi harorat +36…+39 darajada bo‘ladi. Avgust oyi quruq keladi, uchinchi o‘n kunlikda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting